17:17 / 07.11.2025
80 663
O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha bayonot berdi. Tramp ushbu mavzuda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post e’lon qildi.
AQSh prezidenti O‘zbekiston bilan erishilgan savdo-iqtisodiy kelishuvlarni "ajoyib" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin uch yil ichida O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga 35 milliard dollar miqdorida mablag‘ kiritadi va mahsulot sotib oladi.
Keyingi 10 yil davomida esa ushbu summa 100 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Investitsiyalar asosiy sohalarga yo‘naltiriladi: muhim minerallar, aviatsiya, avto ehtiyot qismlar, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlar.
Tramp erishilgan kelishuvlar uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi va uzoq muddatli hamkorlikka umid bildirdi.
A Q Sh Prezidenti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston AQShga 135 milliard dollar investitsiya qiladi
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
John Deere O‘zbekistonga $300 mln texnika yetkazadi
Tramp ma’muriyati Venesuelaga harbiy aralashuv ssenariylarini tayyorlamoqda
OPPO Find X9 va X9 Pro narxlari Toshkentda