17:27 / 07.11.2025
83 667
John Deere O‘zbekistonga $300 mln texnika yetkazadi

Amerikaning John Deere kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan $300 millionlik qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vaziri Govard Latnik ishtirokida o‘tkazilgan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida imzolangan.
Mablag‘ning yarmi, ya’ni $150 million, AQShning Ayova shtatidagi John Deere zavodida ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalarini sotib olishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Boeing korporatsiyasi o‘rtasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi uchun sakkizta yangi 787 Dreamliner samolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Shu tariqa, O‘zbekistonning umumiy buyurtmalar portfeli 22 samolyotga yetdi. Mazkur kelishuvlar AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi yirik ishbilarmonlik uchrashuvi doirasida amalga oshirildi.
Unda umumiy qiymati $25 milliarddan oshiq kelishuvlar e’lon qilindi, jumladan, O‘zbekiston bilan bog‘liq loyihalar ham mavjud.
John Deere
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston kiberxavfsizligini AQSh kompaniyasi ta'minlaydi
Panorama Airways va Gulbakhor Airways fuqarolarga 25 mlrd so‘m zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi
Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Aviani ustun mavqega ega deb topdi
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
Paxta yetishtiruvchi fermerlar uchun yangi subsidiya va imtiyozlar joriy etiladi