21:09 / 14.11.2025
2 658
Koreyada imtihon kuni barcha parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

Janubiy Koreyada Milliy universitetga kirish imtihonlari — Suneung kuni mamlakat butunlay o‘zgacha tartibga o‘tdi. Abituriyentlar sinovga kech qolmasligi uchun barcha aviatsiya reyslari 35 daqiqaga to‘liq to‘xtatildi. Bu orqali imtihon markazlariga harakat bir maromda ta’minlandi.
Shuningdek, hukumat yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida barcha davlat xizmatchilarining ish boshlash vaqti bir soatga kechiktirildi.
Bu yilgi Suneungda 554 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi — bu so‘nggi yetti yilda kuzatilgan eng katta raqam. Ishonchli manbalarga ko‘ra, testlar uzluksiz ravishda 8 soatdan 13 soatgacha davom etgan va talabalar tanlagan fanlar bo‘yicha taxminan 200 ta savolga javob topishgan.
Janubiy Koreya, Milliy Universitet, Kirish Imtihoni, Davlat Xizmatchilari, Yo'llar Tirbandligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Davlat bayrog‘i — xalq tarixi va istiqboli ramzi
Talabalarga yangi imkoniyat: ijara haqining bir qismi qaytariladi
Xususiy klinikalarga yangi imkoniyat: tibbiy uskunalarni bojxonasiz olib kirish muddati uzaytirildi
Ijarada yashayotgan talabalar uchun qanday imkoniyat yaratildi?
Xitoy Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarini diplomatik sinovlar fonida kuzatmoqda