20:52 / 14.11.2025
1 484

Xitoyning maxfiy oltin yig‘ishi bozorni qimmatlashtirmoqda(mi)?

Financial Times yozganidek, Xitoy yashirin ravishda oltin zaxiralarini oshirmoqda va bu jarayon qimmatbaho metalning rekord darajada qimmatlashishiga turtki berdi.

Tahlilchilar fikricha, Pekinning rasmiy hisobotlarda ko‘rsatilmagan oltin sotib olish hajmi e’lon qilingan raqamlardan hatto 10 barobar yuqori bo‘lishi mumkin. Ochiq manbalarga ko‘ra, Xitoy Markaziy bankining avgust oyidagi xaridi — 1,9 tonna, iyulda — 1,9 tonna, iyunda esa — 2,2 tonnani tashkil etgan. Ammo bozor mutaxassislari bu raqamlarga ishonmay, aslida xaridlar ancha katta bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Société Générale hisob-kitoblariga muvofiq, Pekinning joriy yildagi umumiy oltin xaridi 250 tonnaga yetishi ehtimol qilingan. Bu ko‘rsatkich dunyo markaziy banklarining umumiy talabi qariyb uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi.

Financial Times ta’kidlashicha, Xitoy bu orqali o‘z zaxiralarini maxfiy tarzda diversifikatsiya qilib, AQSH dollariga bog‘liqlikni kamaytirishga intilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing