14:07 / 14.11.2025
1 118

Semizlik AQSh vizasidan bosh tortishga sabab bo'lishi mumkin


Semizlik va boshqa surunkali kasalliklar AQSh vizasini olishdan bosh tortish uchun sabab bo'lishi mumkin. Bu haqda The Washington Post nashri Davlat departamenti rahbari Marko Rubio tomonidan yuborilgan telegrammaga tayanib xabar berdi.

Yangi qoidalar qimmat davolanish xarajatlari tufayli ijtimoiy yuk bo'lishi mumkin bo'lgan shaxslarni saralashga qaratilgan. Vizaga mas'ul organlar endi murojaat qiluvchilarning tibbiy xarajatlarini mustaqil ravishda qoplash imkoniyati bor-yo'qligini tekshirishlari kerak.

"Prezident Tramp ma'muriyati nihoyat amerikaliklarni birinchi o'ringa qo'ygan holda ushbu siyosatni to'liq amalga oshirmoqda", — deya izoh berildi Oq uyda. Ushbu ko'rsatma vaqtinchalik va doimiy vizalar uchun qo'llaniladi.

Tanqidchilar bu qoidalar xodimlarga subyektiv qarorlar qabul qilish uchun haddan tashqari keng vakolatlar berishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
A Q Sh Vizasi, Surunkali Kasalliklar, Davlat Departamenti, Tibbiy Xarajatlar, Prezident Tramp
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing