15:38 / 14.11.2025
1 135
Tramp maslahatchisi Zelenskiyni “korrupsiyaga botgan rahbar” deb atadi

AQSH prezidenti Donald Trampning yaqin maslahatchilaridan biri bo‘lgan Stiv Kortes Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy va Prezident devoni boshlig‘i Andrey Yermakni “korrupsiyaga botgan rahbar” deb atadi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi chiqishida bayonot berdi.
Kortesning ta’kidlashicha, Ukraina siyosiy elitasi Amerika uchun ishonchli sherik sifatida ko‘rilmaydi. Uning fikricha, hatto Zelenskiyni doim himoya qilib kelgan G‘arb media manbalari ham mamlakatda porlayotgan navbatdagi korrupsiya mojarosini yashira olmayapti.
Sobiq maslahatchi Ukraina hukumatini AQSH manfaatlari nuqtayi nazaridan xavfli va ishonchsiz tomon sifatida baholab, Vashingtonning Kiyevga nisbatan yuritayotgan siyosatini qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidladi.
Donald Tramp, Stiv Kortes, Ukraina Rahbari, Korrupsiya Mojarosi, Amerika Manfaatlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy korrupsiya mojarosida Ukraina hukumatini qattiq tozalayapti
Tramp: har bir amerikalik 2000 dollar “dividend” oladi
Tramp ma’muriyati Venesuelaga harbiy aralashuv ssenariylarini tayyorlamoqda
Zelenskiy Britaniya va Yevropa yetakchilariga ochiq murojaat qildi
Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy