15:43 / 14.11.2025
1 122

Bishkekda kafe va restoranlarga kechasi ishlash taqiqlandi


Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahar hokimiyati barcha jamoat ovqatlanish muassasalariga, jumladan, kafe, bar va klublarga soat 22:00 dan keyin ishlashni taqiqladi. Bu qaror tinchlik to‘g‘risidagi qonun asosida qabul qilingan.

Bu haqda Kaktus.media xabar berdi. Muassasa egalariga soat 22:00 dan keyin barcha tantanali va ko‘ngilochar tadbirlarni to‘xtatish, elektr tarmoqlaridan foydalanadigan pech va isitish moslamalarini o‘chirish buyurildi.

Ushbu tashabbus Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyevning qonun ijrosini ta'minlash bo‘yicha tavsiyalaridan so‘ng qabul qilindi. Tuman ma'muriyatlariga yangi qoidalar bajarilishini nazorat qilish va muntazam reydlar uyushtirish vazifasi topshirildi.


Qirg'iziston Poytaxti, Bishkek Shahar, Jamoat Muassasalari, Tinchlik Qonuni, Davlat Qo'mitasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing