12:25 / 14.11.2025
1 580

Xitoyda 1440 tonna oltin topildi — bu tarixiy rekord!

Xitoy shimoli-sharqidagi Lyaonin provinsiyasida mamlakat tarixidagi eng yirik oltin koni topildi, deb xabar berdi Xitoy Tabiiy resurslar vazirligi o‘zining WeChat sahifasida.

Geologlar aniqlashicha, Dadonggou nomli konning oltin zahirasi 1440 tonnaga teng. Bu miqdor Xitoydagi ilgari ma’lum bo‘lgan konlardan ancha katta bo‘lib, mamlakatning oltin qazib olish salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kon tarkibidagi oltin konsentrasiyasi har bir tonna ruda uchun 0,56 grammni tashkil qiladi. Ruda tanasi 3100 metr uzunlikda, 115 metrdan 913 metrgacha chuqurlikda joylashgan. Uning o‘rtacha qalinligi 263 metr, maksimal qalinligi esa 513 metrga yetadi.

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, bu loyiha Xitoyning strategik oltin zahiralarini oshiradi va Lyaonin provinsiyasida jahon darajasidagi oltin qazib olish markazini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.


Xitoy Oltini, Lyaonin Provinsiyasi, Tabiiy Resurslar, Oltin Koni, Geologik Tadqiqotlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing