16:12 / 13.11.2025
17 667

Shoygu G‘arb tomonidan buzilgan va’dalarni eslatdi

Rossiya G‘arb davlatlari va ularning hamkorlariga juda ko‘p marta ishongan, ammo keyinchalik ular o‘z va’dalarini buzgan. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu ma’lum qildi, deya xabar beradi Lenta.

"Biz ko‘p marta g‘arbliklar va ularning yo‘ldoshlariga ishonib, hech bo‘lmaganda NATOni sharqqa kengaytirmaslik va’dasini olganmiz," - dedi u.

Xavfsizlik kengashi kotibining ta’kidlashicha, Rossiya bunday o‘zaro munosabatlardan saboq olgan va endi bunday xatolarni takrorlamaydi.


Rossiya Xavfsizligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing