12:22 / 28.10.2025
81 879

Amazon sun’iy intellekt sabab 30 mingta xodimni ishdan bo‘shatmoqda

 

📍 Reuters xabariga ko‘ra, Amazon kompaniyasi 30 mingtagacha ofis xodimlarini qisqartirish jarayonini boshladi. Bu qaror pandemiya davrida ortiqcha yollangan ishchi kuchi va hozirgi xarajatlarni kamaytirish zarurati bilan izohlanmoqda. Qisqartirish kompaniyaning 1,55 million ishchisining kichik qismini, ammo 350 ming korporativ xodimning qariyb 10 foizini tashkil etadi. Bu jarayon 2022-yildan buyon Amazon’dagi eng yirik qisqartirish bo‘ladi. Qisqartirish ta’sir ko‘rsatadigan asosiy bo‘limlar — inson resurslari (PXT), qurilmalar va xizmatlar bo‘limi hamda Amazon Web Services (AWS) bo‘lib, ayrim bo‘limlarda 15 foizgacha qisqartirish kutilmoqda. Amazon rahbari Endi Jassi bu qarorni kompaniyadagi byurokratiyani kamaytirish va sun’iy intellekt yordamida samaradorlikni oshirish bilan izohladi. Unga ko‘ra, AI texnologiyalari takroriy vazifalarni avtomatlashtirib, ishchi sonini kamaytirish imkonini bermoqda. Mutaxassislar esa bu qisqartirishni global texnologik sektordagi optimallashtirish to‘lqinining davomchisi sifatida baholamoqda. Shuningdek, AI’ning tezkor rivoji Amazon kabi gigant kompaniyalarning strukturaviy o‘zgarishlarni tezlashtirishiga sabab bo‘lmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing