Rekord tezliklar, yangi alyanslar va kelajak texnologiyalari: ICTWEEK Uzbekistan 2025
Toshkentda mintaqaning eng yirik texnologik forumi — ICTWEEK Uzbekistan 2025 o‘z ishini yakunladi. Forum innovatsiyalar va yangi hamkorliklarni taqdim etish maydoniga aylandi.
Har yili bo‘lgani kabi, UZTELECOM mamlakat raqamli rivojlanishining lokomotivi sifatidagi maqomini tasdiqlab, qator innovatsion texnologiyalarni namoyish etdi va «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturini jadallashtiradigan strategik kelishuvlarni imzoladi.
Ishtirokchilarning alohida e’tiborini MDHda ilk bor joriy etilgan U6G texnologiyasi tortdi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov shaxsan pilot tarmoqni sinovdan o‘tkazib, ma’lumot uzatishning rekord tezligi — 10 Gbit/s gacha bo‘lgan natijani qayd etdi. Ushbu namoyish UZTELECOM’ning texnologik yetakchiligini amalda tasdiqladi va mamlakatda yangi avlod tarmoqlarini yaratish yo‘lini ochib berdi.
SOLAR Security — veb-xizmatlarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan kompleks yechim bo‘lib, unda Anti-DDoS, Anti-Bot va WAF funksiyalari mavjud. U hujumlarning oldini oladi, zararli avtomatlashtirilgan trafikni to‘sadi va ilovalarni zaifliklardan himoya qilib, veb-resurslarning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlaydi. Ko‘rgazmada kiberxavfsizlik xizmatlari texnik jihatdan ishga tushirildi, stendda namoyish qilindi va yaqin kelajakda kompaniya uning tijoriy savdolarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
HONOR: qo‘shma marketing tashabbuslari va VoLTE’ni rivojlantirish
ICTWEEK 2025 doirasida HONOR va UZTELECOM qo‘shma promo-aktsiyalar o‘tkazish rejalari yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Shuningdek, operatorning ofislarida va onlayn-do‘konida HONOR smartfonlari savdosi boshlanganini e’lon qilindi. Ko‘rgazmada sun’iy intellekt imkoniyatlarini kundalik vazifalar va mobil xizmatlarda keng namoyon qiluvchi eng so‘nggi AI-smartfonlar taqdim etildi.
UZTELECOM va HONOR rahbariyati uchrashuvi davomida loyihalarni kengaytirish, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu hamkorlik marketing tashabbuslari, texnologik hamkorlik va innovatsion yechimlarni O‘zbekiston bozorida rivojlantirishni qamrab oladi.
Infinix: qo‘shma aktsiya va abonentlar uchun yangi imkoniyatlar
Forum davomida UZTELECOM va xalqaro texnologik kompaniya Infinix hamkorlik memorandumi imzoladilar hamda qo‘shma promo-aktsiyalarni boshlashga kelishib oldilar. Birinchi loyihalardan biri keng ko‘lamli «1+1» aktsiyasi bo‘ldi: xaridorlar bir dona narxiga ikki zamonaviy smartfon, shuningdek, bonus internet-trafik paketlari va raqamli xizmatlarga ulanish imkoniyatini olishmoqda.
Bundan tashqari, forum kunlarida PUBG kibersport musobaqasi o‘tkazildi. U ko‘plab ishtirokchilarni jamlab, texnologiyalar va raqamli kontentni birlashtirishning yorqin namunasi bo‘ldi.
Yakuniy bayonot
Forum yakunlariga bag‘ishlangan bayonotida, «O‘zbektelekom» AK boshqaruv raisi matbuot kotibi Timur Mamajanov shunday dedi:
«ICTWEEK biz uchun nafaqat yangi mahsulotlarni namoyish qilish maydoni, balki muhim hamkorliklar tug‘iladigan maskan hamdir. U6G ishga tushirilishi O‘zbekistonning mintaqadagi texnologik yetakchilar safida bo‘lishga tayyorligini ko‘rsatadi. Xalqaro kompaniyalar bilan imzolangan yangi kelishuvlar esa xalqimizga yanada ishonchli va zamonaviy raqamli xizmatlarni taqdim etadi».
ICTWEEK Uzbekistan 2025 yana bir bor isbotladi: UZTELECOM mamlakatning raqamli transformatsiyasi lokomotivi bo‘lib qolmoqda, xalqimiz uchun infratuzilma va xizmatlarni yaratishda davom etmoqda.